23:13 / 29.07.2021
2 323

Shavkat Mirziyoyev vaksina ishlab chiqarilishi kutilayotgan Jurabek Laboratories qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi


Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahridagi Jurabek Laboratories qo‘shma korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Korxona 48 million flakon infuzion eritma, 480 million dona ampula, 60 million dona quruq antibiotik, 20 million dona liofilizatsiya qilingan dori shakllarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Bu yerda GLP laboratoriyasi mavjud, xalqaro GMP standarti joriy etilgan. Korxona tomonidan 300 turdan ortiq dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 15 dan ortiq xorijiy davlatga eksport qilinmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugungi pandemiya davrida juda muhim bo‘lgan remdesivir, favipiravir, geparin, enoksaparin kabi dorilar ham ishlab chiqarilmoqda.

Biotexnologiyalar sohasida monoklonial antitanalar turidagi dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollarlik yangi loyihaga kirishilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Korxonada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda. Davlat rahbari shu boradagi texnik imkoniyatlar bilan tanishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev vaksina ishlab chiqarilishi kutilayotgan Jurabek Laboratories qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi