Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ma’lum bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ma’lum bo‘ldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. Bu haqda Telegram’dagi «Mikrofon ko‘targan ayol» kanali xabar berdi.

«Prezidentimiz mas’uliyatli fuqaro sifatida, albatta, vaksina olganlar. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda 3 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan edi: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca va ‘Sputnik V’. Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar», — deya ta’kidlagan Sherzod Asadov.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar