2 630
Qashqadaryoda katta tezlikda yo‘l yoqasidagi do‘konga borib urilgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
Foto: NasafNews
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida katta tezlikda harakatlangan Nexia yo‘l chetidagi savdo do‘koniga borib urildi. Bu haqda NasafNews xabar berdi.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, hodisa 31 iyul kuni A-378 Samarqand—G‘uzor xalqaro avtomobil yo‘lining Qamashi tumani Uzun mahallasi hududidan o‘tgan 126-kilometrida yuz bergan.
1996 yilda tug‘ilgan Sh.E. Nexia’ni ishonchnoma orqali haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetida joylashgan savdo do‘koniga borib urilgan. Zarba kuchli bo‘lgani tufayli savdo do‘konining devori qulab tushgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea yuz bergan joyda vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, haydovchi belgilangan me’yordan ortiq tezlikda harakatlangan va yo‘lning burilish joyiga kelganda boshqaruvni yo‘qotgan. Hozirda hodisa yuzasidan Qamashi tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi