20:46 / 03.08.2021
1 770

Samarqandda to‘xtab turgan Captiva yonib ketdi


Foto: YHXBB matbuot xizmati
Samarqand shahrida 3 avgust kuni soat 16:20 larda Captiva yonib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan 4-oilaviy poliklinika avtoturargohida to‘xtab turgan Captiva’ning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar soat 16:01 da kelib tushgan va voqea joyiga yong‘in qutqaruv ekipaji soat 16:06 da yetib borib, soat 16:13 da yong‘in o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Foto: Samarqand viloyati FVB matbuot xizmati
Holat yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda to‘xtab turgan Captiva yonib ketdi