13:55 / 10.08.2021
1 845

Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi «Gazel» «Lasetti» bilan to‘qnashib ag‘darilib ketdi


Bugun, 10 avgust kuni soat 07:10larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor va Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan Sh.G. boshqaruvidagi «Gazel» rusumli hamda haydovchi 1952 yilda tug‘ilgan K.Yu. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada «Gazel» avtomobili haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisiga, shuningdek «Lasetti» avtomobilining bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat