09:00 / 22.08.2021
1 957

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarilishiga ruxsat berildi

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarilishiga ruxsat berildi
O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories korxonasida «Sputnik V» koronavirusga qarshi vaksinasi ishlab chiqarilishiga ruxsat berdi.

Hukumat qarorida aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Jurabek Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan ZF-UZ-VAC2001 va «Sputnik V» vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Iyul oxirida Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi Jurabek Laboratories korxonasida «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi ishlab chiqarilgani haqida xabar qilgandi.

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi 2021 yil fevralda ro‘yxatga olingandi.
Bugungi kunga qadar «Sputnik V» 69 mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi ishlab chiqarilishiga ruxsat berildi