19:43 / 04.09.2021
1 333

Zafar Hoshimov: «Jarima miqdori tushsa, huquqbuzarliklar ortadi»

Zafar Hoshimov: «Jarima miqdori tushsa, huquqbuzarliklar ortadi»
Kadr: Telegram
Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov IIV YHXBB bilan suhbatda jarimalar miqdorining tushishi qoidabuzarliklarning ko‘payishiga olib kelishini ma’lum qildi.

«Rivojlangan mamlakatlarda tartib-intizomni qarasangiz, masalan, kun bo‘yi yo‘llarda mashina haydab bunchalik xavf-xatar sezmaysiz. Biz ham yurtimizda rivojlangan mamlakatlardagi kabi tartib-intizom bo‘lishini, har safar biror sahifa ochganda yo‘l-transport hodisasi bo‘ldi deganda yuragimizni hovuchlamaslikni xohlaymiz. Hammaning madaniyati o‘shanga yetgunicha haydaymiz, deydigan bo‘lsak, balki u yerlarda ham qoidabuzarliklar ko‘p bo‘lgan bo‘larmidi?

Lekin jarimalar og‘ir. O‘ylaymanki, odamzodni baribir tartibga soladigan narsa — bu jarima. Jarima — qoidabuzarliklarga qarshi eng yaxshi qurol. Bu jarima soliq emas, u hammaga qo‘yilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ramanki, hamma buni xalqqa qarshi choradek talqin qilishadi. Yo‘q, bu jarimalar xalqni o‘sha qoidabuzarlardan himoya qilish quroli… Jarimalar katta deymiz, qoidani buzmang. Jarimani pasaytirish, huquqbuzarlikni ko‘tarish degani, xuddi bozordagi talab va taklif kabi. Masalan, biror mahsulot narxi oshsa, odamlar kamroq iste’mol qiladi, tushsa, ko‘proq. Jarima arzonlashsa, demak, huquqbuzarlikni ko‘proq iste’mol qilamiz
», — deydi Zafar Hoshimov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Zafar Hoshimov: «Jarima miqdori tushsa, huquqbuzarliklar ortadi»
[/banner_pushhouse