Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’ezdida diniy bag‘rikenglik masalasini gapirib o‘tdi.
— Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalardan himoya qilish masalalari bundan buyon ham, ustuvor tarzda diqqatimiz markazida bo‘ladi.
Biz muqaddas dinimizni, ezgu fazilatlarimizning mujassam ifodasi sifatida qadrlaymiz. Asrlar davomida milliy ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lib kelayotgan insonparvar dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarga qat’iy choralar ko‘ramiz va ular bilan hech qachon murosa qilmaymiz.
Boy diniy va ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi xalqaro markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ilmiy-ma’rifiy markazlar imkoniyatlari, to‘liq ishga solinadi.
Yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan siyosatimizni izchil davom ettiramiz, — dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?