Foto: Samarqand viloyat IIB
Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrining «Xo‘jasoat» MFY hududida tezkor tadbir o‘tkazilib, 1955 yilda tug‘ilgan A.T. tanishi B.B. ismli shaxsga olti dona selofan bo‘lagiga qadoqlangan, opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqida «Daryo»ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, A.T. ko‘zdan kechirilganida cho‘ntagidan qog‘ozga qadoqlangan marixuana giyohvandlik vositasi va bir dona «Regapin» psixotrop vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu shaxs opiy giyohvandlik vositasini tanishi T.Sh.dan olganligi aniqlanib, ushbu shaxsning avtomashinasi Samarqand shahri hududida to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashinaning old o‘rindiqlari tagidan tadbirda ishlatilgan pullar borligi aniqlandi va hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi