10:02 / 19.09.2021
1 712

Samarqandda giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi

Samarqandda giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi
Foto: Samarqand viloyat IIB
Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrining «Xo‘jasoat» MFY hududida tezkor tadbir o‘tkazilib, 1955 yilda tug‘ilgan A.T. tanishi B.B. ismli shaxsga olti dona selofan bo‘lagiga qadoqlangan, opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqida «Daryo»ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, A.T. ko‘zdan kechirilganida cho‘ntagidan qog‘ozga qadoqlangan marixuana giyohvandlik vositasi va bir dona «Regapin» psixotrop vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu shaxs opiy giyohvandlik vositasini tanishi T.Sh.dan olganligi aniqlanib, ushbu shaxsning avtomashinasi Samarqand shahri hududida to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashinaning old o‘rindiqlari tagidan tadbirda ishlatilgan pullar borligi aniqlandi va hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi