21:18 / 21.09.2021
7 168

Mahallalarda «hokim yordamchisi» lavozimi joriy etiladi

Mahallalarda «hokim yordamchisi» lavozimi joriy etiladi
Qoraqalpog‘istonning 422 ta mahallasida «hokim yordamchisi» lavozimi joriy etiladi. Bu xaqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

«Hokim yordamchisi mahallada tadbirkorlarning loyihalariga yordam beradi, kasb-hunarga o‘qitish, tomorqa, bo‘sh yer va binolardan unumli foydalanishni tashkil etadi. Bu orqali, yangi ish o‘rinlari yaratish, jon boshiga daromadni oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘ladi.

Hokim yordamchilari qo‘lida o‘zining budjeti bo‘ladi, mahallaga biriktirilgan soliq, bank, yo‘l va boshqa idoralar xodimlari bilan birga ishlaydi. Hokim yordamchilari soliq, bank, iqtisodiyot, investitsiya, moliya idoralari, hokimiyatda ishlaydigan bilimli va fidoyi yoshlar orasidan tanlanadi.

Ular yangi tizim bo‘yicha ishlashga o‘qitiladi va ishining natijasiga qarab yaxshi oylik to‘lanadi. 2-3 yil mahallada ishlab, yaxshi natija ko‘rsatgan hokim yordamchilarini, kelgusida hokim va vazir lavozimlariga qo‘yamiz
», — dedi davlat raxbari.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahallalarda «hokim yordamchisi» lavozimi joriy etiladi