O‘zbekistonda ta’lim bo‘yicha milliy dastur qabul qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada saylovchilar bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
“Agar meni saylasangiz, va’da berib aytaman, ta’lim bo‘yicha alohida milliy dastur qabul qilamiz. Boshqa ilojimiz yo‘q. Chunki ta’lim biz uchun nihoyatda muhim. Prezidentlikka kirishgan paytim mendan maktabning 10-11 sinflarini tiklab berishni so‘rashdi. Amalga oshirdik.
Ustozning nufuzini oshirish uchun hali qiladigan ishlarimiz juda ko‘p. Hammangiz bilasiz, yoshligimizda o‘qituvchi ko‘chadan o‘tsa, biz 5 metr chetroqqa o‘tib salom berardik. Men muallimning maoshini 1 ming dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman.
Afsuski, so‘nggi paytlarda yoshlarning “tarbiyachisi” qo‘llaridagi telefon bo‘lib qoldi. Bu ham zamona zayli albatta, lekin yoshlarimiz tarbiyasi meni jiddiy o‘ylantiradi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi