16:16 / 01.10.2021
2 320

Toshkentda taniqli avtobloger YPX inspektorini haqorat qilgani uchun ushlandi

Toshkentda taniqli avtobloger YPX inspektorini haqorat qilgani uchun ushlandi
Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda Bobur G‘aniyev nomi bilan tanilgan bloger Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushlangani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 30 sentabr kun soat 23:30 larda Uchtepa tumani «Farhod» bozori ro‘parasida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz poytaxt» profilaktik tadbiri davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Epica rusumli avtomashina to‘xtatilgan.

Transport vositasi haydovchisi 1993 yilda tug‘ilgan Abror Kozubayevning hujjatlari tekshirilgan. Shu jarayonda Epica rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida o‘tirgan 1987 yilda tug‘ilgan Bobur G‘aniyev (internetda YPX xodimlarini tanqid qilgan videolari bilan tanilgan) YPX inspektorlarini haqorat qilib, janjal ko‘targan. IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan jamoat tartibini buzgan.

Shundan so‘ng transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchilari Bobur G‘aniyev va O.Salimov Uchtepa tumani IIO FMBga olib borilgan. Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshiruv o‘tkazish jarayonida Bobur G‘aniyevning shaxsiy uyali telefon apparatida pornografik mazmundagi qonunda taqiqlangan videomateriallar va fotosuratlar borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda taniqli avtobloger YPX inspektorini haqorat qilgani uchun ushlandi