Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Internet tarmog‘ida tarqalgan suratda avtomobil yo‘lovchisi eshikka osilib, o‘z hayoti uchun xavf tug‘dirgani aks etgan. Toshkent shahar IIBB xodimlari qoidabuzarlik haqidagi xabarni e’tiborsiz qoldirishmagan.
Aniqlanishicha, holat 2021 yil 9 oktabr kuni taxminan soat 14.00 da ro‘y bergan. «Matiz» rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida 1999 yilda tug‘ilgan Jasur X. boshqargan, suratdagi yo‘lovchi esa – 1995 yilda tug‘ilgan Umarjon E. bo‘lgan.
Yo‘lovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasi 4-qismi («Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi») bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomobil haydovchisi ham jarimaga tortilgan.
«Hurmatli fotosuratchilar, operatorlar va shu kabi kasblar egalari. Yuqoridagi holatga o‘xshash hatti-harakatlar nafaqat qoidabuzarlik hisoblanadi, balki o‘z salomatligingiz va hayotingizni xavf ostiga qo‘yadi. Xavfsizligingizga qanchalik ishonishingizdan qat’i nazar, yo‘llarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli holatlarda bu ishingiz fojiali yakunlanishi mumkin», deyiladi IIBB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi