3 222
Shavkat Mirziyoyev: «Shunday tabarruk joyning qamoqxonaga aylantirilgani ham bunga misol»
Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyati qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini borib ko‘rdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktabrdagi farmoyishiga muvofiq, qatag‘on qurbonlarining xotirasini abadiylashtirish va merosini o‘rganish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda qatag‘on qurbonlari muzeyi tashkil etildi.
Qashqadaryodagi muzey Odina masjidida joylashtirilgan. Bu chuqur ma’noga ega. Chunki u tarixiy bino.
Odina masjidi 1386 yilda Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan. 1868 yili Chor Rossiyasi bosqini davrida masjidning ayvon qismi to‘pga tutilib, vayron qilingan. Mustabid tuzum davrida dastlab omborxonaga, 1938 yildan qamoqxonaga aylantirilgan.
«Mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, insoniy sha’ni va g‘ururi oyoqosti qilingan. Shunday tabarruk joyning qamoqxonaga aylantirilgani ham bunga misol. Biz bugun mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga alohida e’tibor qaratayapmiz. O‘tganlar hurmatini ham joyiga qo‘yishimiz kerak. Bu yerda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilgani – tarixiy adolatning tiklanishi», – dedi Prezident.
Muzey 11 ta bo‘limdan iborat. Ularda Turkiston o‘lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati va qatag‘onlarni aks ettiruvchi noyob tarixiy fotosuratlar, xaritalar, ashyolar va boshqa manbalar aks ettirilgan.
Shuningdek, muzeyda yoshlar klubi hamda kutubxona tashkil qilingan.
Davlatimiz rahbari shu yerda jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifini yakunlab, Buxoroga yo‘l oldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi