1 439
Bojxonachilar 1 milliard so‘mdan ziyod tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro X.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 357 million so‘mlik, jami 3980 dona chilim uchun tamaki mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, yana bir xolatda fuqaro U.J. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 603,9 million so‘mlik tovar moddiy boyliklar borligi aniqlandi.
Tezkor tadbirlar davom ettirilib, fuqaro A.I. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi ham o‘rnatilgan tarzda ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida ushbu avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, 90 million so‘mlik 36 dona televizorlar borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 1 050 856 000 so‘mlik tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi