10:19 / 20.10.2021
1 108

O‘zbekistonda korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi

O‘zbekistonda korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi
Xalqaro media xollda 19 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestrini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

«Bu fuqarolarning turli huquqlariga ta’sir qilishini inobatga olgan holda, buni qonun sifatida qabul qilish taklifi bildirildi. Bugungi kunda biz Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdik. Nasib qilsa, keyingi hafta jamoatchilik muhokamasiga qo‘yamiz. Mana shu qonun asosida bu reyestr yuritiladi», — dedi u.

Prezidentning 6 iyuldagi farmoni bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab «Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritilishi belgilangandi.

«Biz 1 yanvargacha ham huquqiy mexanizmini, ham tizimni yaratish, ya’ni o‘sha ochiq elektron reyestrda nimalar ko‘rsatilishi, fuqarolar uchun nimalar ochiq bo‘lishi ustida ishlayapmiz. Albatta, uning ismi, sharifi, qaysi korrupsion jinoyatlarni sodir qilganligini e’lon qilib boriladi. Hozircha hammasi rejadagidek ketyapti», — dedi Akmal Burhonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi