15:00 / 25.10.2021
1 636

Xan Altamash Vazir: «Men hayratga tushdim»

Xan Altamash Vazir: «Men hayratga tushdim»
Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti missiyasi kuzatuvchilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. SHHT missiyasi rahbari, SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari Yerik Ashimov o‘z xulosalarini bayon qildi.

«Missiya shuni ta’kidlaydiki, kuzatuv davomida hech qanday to‘siqqa uchramadi. Fuqarolarning siyosiy faolligi, qatnashish xohishining yuqoriligi e’tirofga sazovor. Kuzatuvchilarimizda hech qanday e’tirozlar yo‘q. Biz qonun hujjatlarining buzilishini kuzatmadik. Prezidentlik saylovlari demokratik jarayonlarning olg‘a borishida yana bir muhim qadam bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Saylovlarning demokratik, ochiqlik va shaffoflik harakatlarini olqishlaymiz», deydi Yerik Ashimov.

«Men juda hayron bo‘ldim. Bu darajadagi, keksalardan tortib, yoshlargacha saylovda faol qatnashishi meni hayratga tushirdi. Uyida, kasalxonalarda, kovid-markazlarida, jazoni o‘tash muassalarida ham konistitutsion huquqlaridan foydalanish imkoni yaratilgani hammaga o‘rnak qilib ko‘rsatsa, arziydi», deydi Pokistondan tashrif buyurgan Xan Altamash Vazir.

Eslatib o‘tamiz, MDH kuzatuvchilari ham O‘zbekistondagi saylovlarni ijobiy baholagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xan Altamash Vazir: «Men hayratga tushdim»