1 665
O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlanadi
Ichki ishlar vazirligining «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 17 iyun kuni Toshkent va Moskva shaharlarida imzolangan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida va Rossiya fuqarolarining O‘zbekiston hududida bo‘lishlari tartibi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlanadi.
Hujjat loyihasiga muvofiq mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston vakolatli organi etib Ichki ishlar vazirligi belgilanadi.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani hamda amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ belgilangani to‘g‘risida Rossiya tomoniga tegishli bildirishnoma yo‘llaydi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlariga mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni ta’minlash vazifasi yuklanadi.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov zimmasiga yuklanadi.
Avvalroq Rossiya hukumati 150 ming o‘zbekistonlik muhojirning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlagani, Rossiya Ichki ishlar vazirligi mehnat migrantlari uchun elektron patentlarni joriy etish rejalarini e’lon qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning sentabr oyida Shavkat Mirziyoyev «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi. Unda 2021 yil 1 yanvarga qadar Rossiya IIVning pasport-viza xizmati vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara, Ufa, Chimkent va Istanbul shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgandi.
O‘sha yilning dekabrida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Pasport-viza xizmati hamda Moskva shahrining Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi. Ushbu hujjat Rossiyada mehnat qilish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda chiqish jarayonlarini soddalashtirishi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»