20:17 / 27.10.2021
582

Shavkat Mirziyoyev : «Boshqa partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarga omad tilayman»

Shavkat Mirziyoyev : «Boshqa partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarga omad tilayman»
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta O‘zbekiston Prezidenti lavozimi uchun bo‘lib o‘tgan saylov haqida fikr bildirib o‘tdi.
Mana prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tgandan so‘ng birinchi marta yig‘ilib, selektor o‘tkazmoqdamiz. O‘tgan bir yarim oy davomida barcha hududlarga bordik va u yerdagi muammolarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib keldik.

O‘tgan saylov natijasi biz tomonimizdan o‘tgan besh yil davomida amalga oshirilgan ishlarga oliy baho bo‘ldi, deb aytsak, to‘g‘ri bo‘lardi. Shunday ekan, ijro organining barcha rahbarlar va faollar shuni bilishi kerakki, endi kechagidek ishlashga haqqimiz yo‘q
, — dedi davlat rahbari.

Prezident shuningdek saylovda ishtirok etgan va ishonch bildirgan barcha fuqarolardan minnatdor ekanini aytib o‘tdi.
Fursatdan foydalanib, mening O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishimga o‘z ishonchini bildirgan va samimiy qo‘llab-quvvatlagan aziz yurtdoshlarimga, ko‘pmillatli butun xalqimizga yana bir bor o‘zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari shuningdek saylovga o‘z nomzodini qo‘ygan boshqa partiya vakillariga ham to‘xtalib o‘tdi.
Ayni paytda, muqobillik asosida o‘tgan saylovda boshqa partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarning kelgusi faoliyatlariga omad tilayman. Biz kuni kecha o‘zaro raqobat qilgan bo‘lsak, endi barcha orzu-intilish va harakatlarimizni birlashtirib, jonajon Vatanimiz ravnaqi yo‘lida faol hamkorlik qilamiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev : «Boshqa partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarga omad tilayman»