22:24 / 10.11.2021
2 173

«Bongo»dagi qing‘irlikka chek qo‘yildi

«Bongo»dagi qing‘irlikka chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on tumanining chegara oldi hududida fuqaro B.I boshqaruvidagi “Hyundai Porter” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 513 million so‘mlik oyoq kiyimlari hamda kiyim-kechak mahsulotlari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bongo»dagi qing‘irlikka chek qo‘yildi