
Foto: «Zen.yandex.ru»
Idishlarni noto‘g‘ri yuvish, ya’ni sifatsiz yuvish vositalaridan foydalanish onkologik kasalliklar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Xitoyning WeChat portali xabar bermoqda.
Ayrim yuvish vositalarida formaldegid bor. U mahsulotning saqlash muddatini uzaytirish uchun qo‘shiladi. Biroq bu modda teri va shilliq qavatlar uchun zararli. Bundan tashqari, u immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va xavfli o‘smalarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, portal foydalanuvchisi idishlarni yuvishda yana bir yomon odatni aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, idishlarni to‘liq quritmasdan javonga qo‘ymaslik kerak, chunki namlik turli bakteriyalar tarqalishi uchun qulay muhit sanaladi. Ta’kidlanishicha, bu yog‘och idishlardan foydalanganda, ayniqsa, xavflidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar