
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan abiturentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Bugungi kunda ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o‘qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatini uzaytirish bo‘yicha vazirlik tomonidan tegishli takliflar tayyorlandi va to‘lov muddati uzaytirilishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Davlat komissiyasining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan respublikamizdagi davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021 yilning 20 noyabr sanasi yetib belgilangan edi.
To‘lov-KontraktOliy Ta’limAbiturentlar UchunMuddatni UzaytirishTalabalar MurojaatiDavlat Komissiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar