
Majburiy ijro byurosi Toshkent tuman bo‘limi ish yurituvida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “YANGI IMKONIYATLAR DAVRI” MCHJdan, undiruvchi “TURONBANK” ATB foydasiga jami 2.285.333,32 AQSH dollari undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Mazkur ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Ko‘k terak hududi, Keles MFY, Quyi-Ko‘k terak ko‘chasida joylashgan umumiy yer maydoni 1,3900 ga, qurilish osti maydoni 3795,24 kv.m, foydali maydoni 3909,19 kv.m bo‘lgan “Logistika markazi” bino va inshoatlari auksion savdolariga chiqarilgan.
Ushbu bino inshoatlar auksion savdolarida sotilmaganligi sababli, davlat ijrochisining taklif xatiga asosan mazkur inshoatlar 23 958 067 500 so‘m evaziga bank tomonidan o‘z balansiga qabul qilib olingan. Shu asosda mazkur ijro hujjatining ijrosi ta’minlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar