O‘zbekiston prezidenti tomonidan barcha mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlarining mehnat ta’tiliga chiqishi va davolanishini 2 bosqichda o‘tkazish ma’qullandi, deb xabar beradi O‘zA.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’til «Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasi asosida va Prezident administratsiyasining 25 dekabrdagi topshirig‘iga asosan o‘tkazilmoqda. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, maslahatchilari va yordamchilari, tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar sektorlari rahbarlari uchun mehnat ta’tillari tegishli muddatga belgilangan.
Birinchi bosqichda ta’tilga chiqayotgan tuman va shahar hokimlarining vazifalari vaqtinchalik hokim o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilgan. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq qarorlar va farmoyishlar tuman va shahar hokimi vazifalarini bajarish vaqtincha yuklangan hokim o‘rinbosarlari tomonidan tuman va shahar hokimi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Shuningdek, hokimlarga ularning o‘rinbosarlarini 2022 yil 17 yanvardan sog‘lig‘ini tiklash maqsadida mehnat ta’tiliga chiqarishni ta’minlash topshirilgan.
Shahar va tuman hokimlari Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son va 2-son shifoxonalari, «Qibray», Rossiyadagi O‘zbekiston va Yalta sanatoriylarida hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasining «Chinobod Plaza», «Turon» va «Oqtosh» sanatoriylarida sog‘lig‘ini tiklaydi. Quvasoy shahar hokimi yaqinda ish boshlagani bois ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimlari hukumat qoshidagi tibbiyot bosh boshqarmasi ro‘yxatida turadi. Ularga zarur holatlarda tibbiy diagnostika qilish, davolash, umuman olganda, ularning salomatligini muhofaza qilish mazkur boshqarma zimmasida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi