22:53 / 05.01.2022
1 920

Qashqadaryoda ikki xil fasl kuzatilmoqda: Kitobda qor, G‘uzorda bahor

Qashqadaryoda ikki xil fasl kuzatilmoqda: Kitobda qor, G‘uzorda bahor
Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida ikki xil ob-havo kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri. Qayd etilishicha, viloyatning Kitob tumanidagi qishloqni qalin qor qoplagan bo‘lsa, G‘uzor tumanidagi qishloqda esa bodom qiyg‘os gullagan.

Kitob tumani hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tumanning Aspiduxtar qishlog‘ida Yangi yil kuni — 2021 yilning 31 dekabrida yog‘gan qor haligacha erimagan.

Foto: Kitob tumani hokimligi matbuot xizmati
«Tuman markazidan 60 kilometr uzoqlikdagi Aspiduxtar qishlog‘ida qorning qalinligi 80 santimetrga yetgan. Shuningdek, tumanning Denovbola va Shut qishloqlarida ham qor yoqqan», — deydi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Qahramon Oqilov.

«Daryo»ning qo‘shimcha qilishicha, ayni kunda viloyatning G‘uzor tumanidagi Afg‘onbog‘ qishlog‘ida esa bodom qiyg‘os gullagan.

Foto: Kamil Faxrutdinov

Foto: Kamil Faxrutdinov
Shahrisabz tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Bahodir Halimovning «Daryo»ga bildirishicha, tumanning Ko‘l, G‘elon qishloqlarida ham qalin qor yoqqan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda ikki xil fasl kuzatilmoqda: Kitobda qor, G‘uzorda bahor