10:57 / 07.01.2022
1 089

Transport vazirligining past rentabelli davlat korxonalari xususiy sektorga o‘tkaziladi

Transport vazirligining past rentabelli davlat korxonalari xususiy sektorga o‘tkaziladi
Foto: Transport vazirligi
Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida davlat ishtirokidagi korxonalarga xususiy sektorni jalb qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Transport vazirligining avtomobil transporti sohasidagi past rentabelli davlat korxonalarini xususiy sektorga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan ommaviy auksionlar orqali sotish nazarda tutilmoqda.

«Elektron auksion» elektron savdo maydonida sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi, ular uchun quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar belgilandi:
  • ish faoliyatini kamida 5 yil davomida jamoat transporti sohasida amalga oshirish hamda birinchi navbatda qishloq hududlarini tuman va viloyat markazlari bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda faoliyat yuritish;
  • bir yil muddatda ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (GPS qurilmalari, elektron to‘lov tizimlari) joriy etish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga investorlar bilan tegishli shartnoma tuzilishini hamda qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash topshirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Transport vazirligining past rentabelli davlat korxonalari xususiy sektorga o‘tkaziladi