Foto: Prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Toshkentdagi jamoat transporti infratuzilmasini tanqid qildi. Bu haqda 19 yanvar kuni Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishish chog‘ida ma’lum qilingan.
Prezident tashrifi davomida amaldorlar shahar ichida jamoat transportida yurmasligini ta’kidlab o‘tdi.
«Shaharni birortasi tushunmaydi, shaharning ichida yurmaydi. Hammasi boyvachcha — mashinada yuradi. Hududlar bo‘yicha aytinglar, agar sizlarni kuchlaring yetmasa, tuman hokimlarini olib, o‘zim yuraman, shundan boshqa ishim qolmadi»,—deya ta’kidladi prezident.
«Yuring prezident, avtobusga mining deb bir marshrutni ko‘rsat, eng og‘ir hududingdan boshla. Men ham avtobusda yurishni xohlayman. Ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, odamlarga xavfsiz, erkin, arzon va sifatli transport kerak. Viloyatlar kesimida o‘ganish zarur, qaysi viloyatga qancha transport yetishmayapti. O‘zbekiston faqat Toshkentdan iborat emas»,— deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi