Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga tashrif buyurdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Xitoy poytaxtining «Shoudu» xalqaro aeroportida davlat rahbarini ushbu mamlakatning rasmiy shaxslari kutib oldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da Pekindagi «Qush uyasi» milliy stadionida boshlanadi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin taklifiga binoan bir qator xorijiy davlatlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari qatnashadi.
Sinxua axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy rahbari 4—6 fevral kunlari Pekinda xorijiy davlatlar yetakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o‘tkazadi.
Mehmonlar orasida Rossiya, Singapur, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar yetakchilari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus bor.
Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari 4—20 fevral kunlari, Paralimpiya o‘yinlari esa 4—13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot