23:34 / 23.02.2022
1 256

Musulmonlar idorasi raisi: «Umrachilar soni 10 ming nafarga yetdi, yana qancha boradiganlar bo‘lsa, shuncha o‘rin beriladi»

Musulmonlar idorasi raisi: «Umrachilar soni 10 ming nafarga yetdi, yana qancha boradiganlar bo‘lsa, shuncha o‘rin beriladi»
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» masjidiga tashrifi chog‘ida Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonlik Umra ziyoratchilar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 22 yanvar kuni ilk ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga uchgan. Hozirda har kuni Jidda va Madina shaharlariga ikki martadan aviaparvoz muntazam amalga oshirilmoqda.

- Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha Umra ziyoratiga boruvchilarning eng ko‘pini o‘zbekistonlik ziyoratchilar tashkil etmoqda. Hatto Malayziyadan kelganlardan ham ko‘p ekan. Shu kecha-kunduzda umrachilarning soni 10 mingga yetdi. Bundan keyin ham ziyoratchilar soni ortib boraveradi, yana qancha boradiganlar bo‘lsa, shuncha o‘rin beriladi. Yurtboshimiz inson qadrini ulug‘lash haqida ko‘p bor ta’kidlab, qayerda bo‘lsa, inson qadrlansin, deyaptilar. Biz ham shunga amal qilgan holda, muborak ziyoratga otlangan yurtdoshlarimiz uchun Makka va Madina shaharlarida barcha shart-sharoitlar yaratishga harakat qildik. Birinchi navbatda, ziyoratchilarimiz uchun eng yuqorida darajadagi «Masjidul Haram»ga yaqin bo‘lgan mehmonxonalar tanlandi. Bunday qulaylik ularga emin-erkin ibodat-u ziyorat qilish imkonini bermoqda. Buning uchun Yaratganga shukronalar aytmog‘imiz, sharoitlarni qilib berayotgan hukumatimizdan minnatdor bo‘lmog‘imiz lozim, — deydi Nuriddin domla.

Umra tadbirlarini 10 nafar ishchi guruh boshqarmoqda. 200 nafar tajribali ellikboshi va 45 nafar shifokor jalb etilgan. Ular ziyoratchilarining salomatligi, shart-sharoiti va kundalik ehtiyojlaridan doimiy boxabar bo‘lib boradi.

2022 yil 10 fevralidan O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga Umra safari uchun aviareyslar bir hafta davomida jami 16 marta amalga oshirilish boshlandi. Haftaning har seshanba va shanba kunlari 3 marta, qolgan besh kunida 2 tadan reys yo‘lga qo‘yilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda Umra ziyorati qachondan boshlanishi va uning narxlari haqida ma’lumot berilgandi. Unda 2020 yil fevral oyiga qadar Umra ziyorati uchun oxirgi belgilangan to‘lovlarni amalga oshirganlar qo‘shimcha ravishda 4 770 000 so‘m mablag‘ to‘lashi ham keltirib o‘tilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qo‘shimcha to‘lov borasida turli mulohazalar bildirilganidan so‘ng, Musulmonlar idorasi holatga izoh berib, koronavirus pandemiyasi Umra xizmatlari ko‘rsatishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 nafar ziyoratchi, 50 o‘rindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirish kabi talablar o‘rnatilgan. 22 yanvar kuni erta tongda Umra—2022 mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgandi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni hukumati chet elliklar kichik haj — Umra ziyoratini amalga oshirish uchun 10 avgustdan qirollikka kirishi mumkinligini e’lon qilgan edi. Ziyoratchilar qirollikda tasdiqlangan Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca vaksinalaridan biri bilan emlangan bo‘lishi yoki manfiy javobli PZR-testni taqdim etishi kerak. Vaksina olmagan ziyoratchilar mamlakatga kelganidan keyin uch kunlik karantindan o‘tib, so‘ng koronavirusga nisbatan qaytadan PZR-test topshiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Musulmonlar idorasi raisi: «Umrachilar soni 10 ming nafarga yetdi, yana qancha boradiganlar bo‘lsa, shuncha o‘rin beriladi»