16:02 / 07.03.2022
2 837

Sanktsiyalar ostida qolgan rossiyaliklar Oʻzbekistondan koʻchmas mulk sotib ola boshladi

Sanktsiyalar ostida qolgan rossiyaliklar Oʻzbekistondan koʻchmas mulk sotib ola boshladi
Xorijdan koʻchmas mulk sotib olish istagida boʻlgan rossiyaliklar endi asosan BAA, Turkiya va Oʻzbekistonni tanlashadi, deb hisoblaydi «RIA Nedvijimost’» soʻrovnomasida ishtirok etgan mutaxassislar.

Joriy qilingan xalqaro sanktsiyalar tufayli xorijda koʻchmas mulk sotib olmoqchi boʻlgan rossiyaliklar endilikda oʻz e'tiborlarini yangi bozorlarga qaratishlariga toʻgʻri keladi.

Bu kungacha Buyuk Britaniya, Ispaniya, Kipr, Gretsiya, Bolgariya va Chernogoriya davlatlari rossiyalik xaridorlar orasida eng talabgirlari edi.

Mazkur roʻyxatga yaqin kunlarda Oʻzbekiston ham qoʻshiladi, deb qat'iy ta'kidlaydi Nika Estate kompaniyasi egasi Viktor Sadigov.

Bu biznes rivojlantirish va yashash sharoitlari nuqtai nazaridan juda qiziq bozordir. Sarmoyadorlarning ma'lum qismi oʻz pullarini Toshkent loyihalariga hozirdanoq kiritishni boshlamoqda, — deydi u.

Biroq talab boʻyicha etakchi oʻrinda Dubay shahri turibdi, deya tasdiqlaydi mutaxassislar. Bozor aql bovar qilmas koʻrsatkichlarni koʻrsatmoqda, yanvar oyining oʻzidayoq Dubaydagi oldi-sotdi bitimlar soni oʻsishi 80 foizdan ziyod natijani koʻrsatgan.

Bundan tashqari, dirham kursi bozordagi dollar va evro bilan yuzaga kelgan vaziyat kabi jiddiy oʻzgarishni namoyish qilmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat