date
views 1 357

DXX Sirdaryoda noqonuniy mayning ferma faoliyat yuritayotganini aniqladi (video)

DXX Sirdaryoda noqonuniy mayning ferma faoliyat yuritayotganini aniqladi (video)
DXXning Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tekshiruv davomida Boyovut tumanidagi mas'uliyati cheklangan jamiyat binosida noqonuniy mayning ferma faoliyat yuritayotgani aniqlandi, deb xabar bermoqda OʻzA.

Aniqlanishicha, Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan xorijiy korxona ushbu MChJ binosini 2 yil muddatga ijaraga olgan va u erda 1491 komplekt mayning qurilmalari hamda 9280 dona videokartalardan foydalangan holda mayning ferma tashkil etgan.

Natijada 2020 yilning avgust oyidan buyon 7,7 million AQSh dollariga teng kriptovalyuta ishlab chiqarilgan.

Buning uchun MChJ va xorijiy korxona rahbarlari oʻzaro til biriktirib, elektr tarmogʻiga ulanish uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan shartnomada faoliyat turiga quyonchilik fermasi tashkil etish mazmunida soxta ma'lumotlar kiritgan.

Foydalanilgan katta hajmdagi elektr energiyasi uchun past narxda toʻlovni amalga oshirishlari natijasida, ular tomonidan davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar etkazilgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Sirdaryoda noqonuniy mayning ferma faoliyat yuritayotganini aniqladi (video)