1 036
Toshkentda 3 kg geroin va 7,5 kg opiyni Afg‘onistondan olib o‘tgan shaxslar ushlandi (video)
Kadr: YouTube
Afg‘onistondan O‘zbekistonga giyohvand moddalarni laganlarga yashirgan holda olib o‘tishga uringan shaxslar faoliyati fosh etildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligi Jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi tomonidan ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi katta miqdorda giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tgani haqida tezkor ma’lumot olingan. Jinoiy guruh maxsus xaridor orqali aloqa o‘rnatilib, ularning O‘zbekiston hududi bo‘yicha harakatlari yuzasidan tezkor ishlovlar davom ettirilgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan shaxs (2000 yilda tug‘ilgan) 3 kilogramm geroinning har bir kilogrammini 20 ming dollardan, 7,5 kilogramm opiyni esa 7,5 ming dollardan jami 116,5 ming dollarga baholab, Toshkentga o‘zining ishonchli vakili orqali yetkazishni rejalashtirgani aniqlangan. Kuzatuvga olingan shaxs Lacetti avtomobilida Toshkent markazidagi xonadonlardan biriga yetib kelib, uy yo‘lagida yog‘och va temirdan yasalgan qo‘lbola laganlar ichiga yashirilgan giyohvandlik moddalarini berayotgan vaqtida IIV, DXX xodimlari tomonidan ushlangan.
Davom ettirilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida Afg‘oniston fuqarosining jinoiy sheriklari Shayxontohur tumanida joylashgan supermarket oldida kelishilgan 116,5 ming dollarning 70 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi