
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 37 yoshli erkak o‘zini osib qo‘yganligi haqida tarqalgan xabarga Bosh prokuror matbuot kotibi aniqlik kiritdi.
Aytilishicha, G‘uzor tumani, Sovbog‘ qishlog‘ida yashagan, 1985 yilda tug‘ilgan erkak (oilali, 3 nafar farzandi bor, mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan) qo‘shnisining yashamaydigan xonadonida 13 aprel kuni o‘zini-o‘zi osib vafot etgan.
Tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qilishi oqibatida ruhiyatida o‘zgarish bo‘lganligi aniqlangan.
Marhumning o‘lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat bo‘yicha G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar