Jizzax viloyati Zarbdor tumanida «M.P.» xususiy korxonasi rahbari o‘ziga ajratilgan yerdan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mo‘ljallangan 48 ball bonitetiga ega jami 9 gektar yer maydonini noqonuniy egallab, davlat va jamiyat manfaatlariga 4 milliard 400 million so‘m miqdorda zarar yetkazgan.
Gap shundaki, tuman hokimining tegishli qarori bilan xususiy korxonaga baliqchilikni rivojlantirish maqsadida sun’iy havza yaratish uchun jami 20 gektar suvli yer maydoni ijaraga ajratilgan. Lekin u bunday imkoniyatdan unumli foydalana olmagan.
Jizzax viloyati prokuraturasi sun’iy baliqchilik havzalarida o‘tkazilgan tekshirishda shu narsa aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, tuman hokimligi mansabdor shaxslari monitoring o‘tkazmagan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman hokimligi mas’ul mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi hamda «M.P» xususiy korxona rahbariga nisbatan 192-11-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi