O‘zbekiston Oila kodeksida nikohlanuvchi shaxslar FHDYOga ariza berganidan vaqtdan boshlab 1 oy o‘tgach nikohi qayd qilinishi belgilangan. Bu vaqtda nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim. Adliya vazirligi ushbu muddatni bekor qilish taklifini berdi.
Alohida hollarda, ya’ni homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi, xizmat safari kabi uzrli sabablar bo‘lganda 1 oylik muddat qisqartirilgan holda nikohni qayd qilishga ruxsat berilgan.
«Amaliyotda nikohni qayd qilishning 1 oylik muddatini qisqartirish uchun ayrim fuqarolar FHDYO organlariga soxta tibbiy ma’lumotnomalar taqdim etish, FHDYO va sog‘liqni saqlash organlarida ortiqcha qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘yish kabi salbiy holatlar mavjud edi», — deyiladi xabarda.
Ushbu muammolarni bartaraf etish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Mazkur loyihada Oila kodeksining 13, 17 va 212-moddalariga o‘zgartishlar kiritish hamda nikohni qayd etishning bir oylik muddati va uni qisqartirish uchun asos bo‘luvchi holatlarni bekor qilish nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinsa, nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng 1 oylik muddatni kutmasdan nikohini rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.
Tahlillarga ko‘ra nikohni qayd qilish uchun 2021 yilda 300 mingdan ortiq, 2022 yilning 1-choragida 45 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan bo‘lib, ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir oylik muddatda arizalarni qaytarib olish yuzasidan murojaatlar kelib tushmagan.
«Qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning ovoragarchiligiga chek qo‘yadi, FHDYO va sog‘liqni saqlash organlarida qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etadi, otalik belgilash kabi ortiqcha qiyinchiliklarni oldini oladi», — deya ta’kidlanadi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot