4 893
Telegram nimaligini bilmagan Xoliqjon vines qanday qilib internet yulduziga aylangani haqida gapirib berdi
Foto: Instagram / @Xoliqjon_vines
Instabloger, vayner, tiktoker, Instagram'da 1 yarim millionga yaqin kuzatuvchiga ega Xoliqjon vines MY5 telekanalining «Omon-Omon» ko‘rsatuviga bergan intervyusida mashhurlikka erishmasidan oldin qanday yashagani, kliplarga qanchaga suratga tushishi, Hamdam Sobirov bilan munosabatlari qanday ekani, telefoni yo‘q bo‘lgan paytda do‘sti unga telefon sovg‘a qilgani va yordam bergani haqida gapirib berdi.
Vayner xonanda Hamdam Sobirovning bir nechta kliplarida suratga tushgan. U videolarda ishtirok etish taklifi xonandaning o‘zidan chiqqanini aytadi.
«Taklif Hamdam Sobirov tomonidan bo‘lgan. To‘g‘risini aytsam oddiy oilada o‘sganman. San’atkorlar bilan ko‘rishishni orzu qilganman. Mashhurlar stadionga kelib qo‘shiq kuylaganda oldiga borolmaganman. Hamdam Sobirovni oldindan, ‘Mango guruhi'da chiqqanidan beri kuzataman. Bundan tashqari Jasur Umirov, Jahongir Poziljonovning musiqalarini yoqtirardim. Hattoki Jahongir Poziljonovga taqlid qilib video olganman.
Shukr, shu kunlarga yetkazganiga. Bir kuni Hamdam aka telefon qildi. 'Ukajon, mening klipimga suratga tushishingni istayman, shuni niyat qildim’ dedi. Xursand bo‘ldim, behisob shukrki, shu darajaga erishibman deb o‘yladim. Keyin Hamdam aka mendan qanchaga klipga tushayotganimni so‘radi. Sababi Hamdam Sobirovning klipidan oldin Munisa Rizayevaning klipida suratga tushgandim. Birinchi suratga tushgan klipim ham o‘sha bo‘lgan. Yana so‘raganida Hamdam Sobirovga hayotda pul muhim emas, akam sifatida sizni yaxshi ko‘raman, akamsiz deganman va u bundan juda xursand bo‘lgan», — deydi xonanda.
Xoliqjon vines kliplardagi gonorari miqdori haqida ham gapirib o‘tdi. Shu bilan birgalikda u telefoni bo‘lmagan vaqtda yaqin do‘sti unga o‘z telefonini berganini va ko‘p narsalarni o‘rgatgani haqida gapirgan.
«Do‘stligimiz 2017 yildan boshlangan. Hattoki telefonim yo‘q edi, Telegram, Instagram nimaligini, sensor telefon qanday bo‘lishini bilmaganman, shularni do‘stim o‘rgatgan. O‘zi ishlatadigan iPhone 5 markali telefonini menga sovg‘a qilgan. Telegram'da gaplashishni o‘rgatgan, shu darajada sodda bo‘lganman. Meni birinchi qo‘llab-quvvatlagan insonlardan biri u», — deydi bloger. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?