16:58 / 01.08.2022
3 534

Belarusda o‘zbek snayperchi qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati haqida film suratga olinmoqda

Belarusda o‘zbek snayperchi qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati haqida film suratga olinmoqda
Belarusda o‘zbek va belarus kinoijodkorlari bilan hamkorligida suratga olinishi kutilayotgan «Kazbek» va hozirda suratga olish ishlari davom etayotgan «Uzbechka» filmlari haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi ma’lum qildi.

«Uzbechka» filmining suratga olish ishlari jarayonlari haqida

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan «Uzbechka» filmining tasvirga olish ishlari Belarus davlatining Minsk shahrida davom etmoqda. Cinema of Central Asia kinostudiyasi tomonidan Akbar Bekturdiyev rejissyorligida yaratilayotgan mazkur film o‘zbek snayperchi qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati va boshidan kechirganlari haqida hikoya qiladi.

Filmning bosh rejissyori Firdavs Abduxoliqov va unda bosh rollarni yosh, iste’dodli aktrisa Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Oleg Taktarov, Lapanitsin Sergey, Milana Ivanova va boshqalar ijro qilmoqda.

Aktyor Yigitali Mamajonov filmning Aysenem Yusupova bilan bog‘liq suratga olish jarayonlari aks etgan lavhani e’lon qilgan edi.

Bundan tashqari Yigitali Mamajonov o‘zi gavdalantirayotgan obrazning nemis tilida hissiyotlarini tushuntirib berish jarayoni murakkab kechayotganini aytdi. U ob-havodagi o‘zgaruvchanlik suratga olish ishlariga halaqit qilayotganini ma’lum qildi.

«Kazbek» badiiy filmi haqida

O‘zbekiston va Belarusning Kazbek nomi bilan mashhur bo‘lgan haqiqiy qahramoni Mamadali Topiboldiyev haqida badiiy film yaratiladi. Filmni Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, operator, rejissyor va prodyuser Vladimir Krimov suratga oladi.

Kinokartina belarus va o‘zbek kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadi. Belarusning «Ulug‘ Vatan urushi» nomli muzeyida uning nomi sharaf bilan bitilgan. Kazbek har bir operatsiyani bitirgandan daraxt yoki devorga pichoq bilan Kazbek deb o‘yib yozgan. Gitler uning boshi uchun 50 ming marka mukofot puli berishini aytgan. Ushbu rolni mahoratli o‘zbek aktyori Ulug‘bek Qodirov o‘ynashi rejalashtirilgan.

Uzbechka1, Yigitali Mamajonov1, Kazbek1, Belarus1, Mamadali Topiboldiyev1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Belarusda o‘zbek snayperchi qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati haqida film suratga olinmoqda