5 965
Shamsiqamar Mansurova: «Bahor qaytmaydi»dagi Klara obrazi uchun eri bilan ajrashishgacha borgani haqida gapirdi
Aktrisa Shamsiqamar Mansurova «Sevimli» telekanalining «Mashhurlar» ko‘rsatuviga bergan intervyusida unga mashhurlik keltirgan roli, ya’ni «Bahor qaytmaydi» videofilmidagi Klara obrazi shaxsiy hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida gapirdi.
«Bir kunda mashhur bo‘lganman. ‘Bahor qaytmaydi’ ko‘plab insonlar uni ‘Alimardon To‘rayev’ deydi, ikki qismli videofilmida kichkina obraz yaratganman. Shu obraz orqali men hozirgi yoshimgacha Klara bo‘lib yuribman. Masalan, o‘zimizning tumanlarimizgami, yoki boshqa joyga chiqqanimizda Klara kelibdi deyishardi. O‘zimni ismimni aytib emas, Klara deb odamlar yugurib kelardi. O‘sha paytlar men uchun eng qiyin davr bo‘lgan, yosh, go‘zal bo‘lganman. Endi o‘zimga yarasha chiroyim bo‘lgan bo‘lsa kerak. Turmush o‘rtog‘im bu holatga ko‘nikolmadi.
O‘sha paytlari birga yursak hamma Klara deb chaqirar edi, ko‘p yoshlar bu videofilmni ko‘rgan. Avval biror joyga borsak turmush o‘rtog‘im bilan baravar yurar edik. Shundan keyin u mendan o‘n qadam oldinda, men esa orqasidan yuradigan bo‘ldim. Bu holatni gapirish qiyin. Ajrashadigan darajaga yetganmiz, men bilan uch oy umuman gaplashmagan. Nima qilay, yig‘laganman. Keyin yoshi katta otaxonlarimiz turmush o‘rtog‘imni chaqirib, ‘O‘zing bilgansan aktrisaga uylanayotganingni, uning boshqacha ayol emasligini bilasan, u obraz yaratishga qo‘rqsa rolni kim o‘ynaydi, o‘zing ayolingga ishonasanku’, — deyishgan va yarashtirib qo‘yishgan. Unga ham ko‘nmasdan meni ishdan chiqarib olgan, uch yil uyda o‘tirganman.
Keyin turmush o‘rtog‘im umri uzoq bo‘lsin, baxtimga sog‘ bo‘lsin, tengdoshlarimni ko‘rib qiynalayotganimni bilgan, u ham qiynalgan, biroq sezdirmagan. Bu holatdan so‘ng bilmayman, qanday qilib madaniyat vazirligiga borgan ekan, men ko‘rmaganman va ‘Men sababchi bo‘lganman, bolam kichkina bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatib olgandim, turmush o‘rtog‘im san’atni yaxshi ko‘rar ekan, men chiday olmayapman. Ishini tiklab beringlar’, — degan ekan. Keyin u yoqdagilar ham meni tushunishgan, sababi birdan yo‘qolib qolgandim.
Shungacha bitta rolni ijro etgandim va ‘Otalar so‘zi’da kichkina rollarni o‘ynab miniatyuralarda ishtirok etganman. Bundan keyin yo‘qolib qolganimdan ular bilishgan ekan. O‘zim ishlayotgan teatrga meni gap-so‘zsiz qaytarib olishdi. Turmush o‘rtog‘imning o‘zi olib kelgan, direktor, rejissyorlarning oldiga olib kirgan. Ana shundan keyin uch yil ishlamagan bo‘lsam, 44 yil o‘sha teatrda ishladim», — deydi aktrisa. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi