date
views 2 487

Turkiya madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari mojaro uchun oʻzbek tomoshabinlaridan uzr soʻradi

Turkiya madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari mojaro uchun oʻzbek tomoshabinlaridan uzr soʻradi
Turkiya madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Axmet Misbah Demirjan 15 sentyabr kuni XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida boʻlib oʻtgan Turk kinosi kunlari tadbirida yuzaga kelgan vaziyat uchun rasman uzr soʻradi.

Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati vakili Shoxira Hamro oʻz Facebook sahifasida ma'lum qildi.

Shoxira Hamroga koʻra, Demirjan agentlik rahbari bilan suhbatda avvalo festivalni yuqori darajada oʻtkazish uchun tashkilotchilar tomonidan barcha choralar koʻrilganini qayd etgan. Unga koʻra, oʻzbek tomoshabinlarining ikki davlat madaniyati, kinosiga boʻlgan hurmat, e'tiborini hisobga olgan holda Hind va Turk kino kunlarini oʻtkazishga alohida tayyorgarlik koʻrilgani ikki mamlakat vakillari va kinoijodkorlarini quvontirgan.

Tadbir stsenariysi boʻyicha marosimga taklif etilgan barcha 11 nafar turk kinoyulduzlari birgalikda sahnaga chiqishlari, muxlislar qarshisida birgalikda oʻtirishlari kerak edi. Buni sahnada 3ta stulning boʻsh qolishidan ham bilish mumkin.

Har bir kinoyulduzning oʻziga yarasha xarakteri bor, hamkasblar oʻrtasidagi munosabat ularning oʻz ichki ishi, sahnaga chiqish yoki chiqmaslik, kim bilan oʻtirish yo oʻtirmaslik masalasi har kimning oʻz tanlovidir.

Shu oʻrinda Turkiya madaniyat va turizm vazirligi yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun Oʻzbekiston Kinematografiya agentligiga oʻzining chuqur minnatdorchiligini bildiradi. Yuzaga kelgan holat uchun tashkilotchilarni ayblamaslikni soʻraydi
”, deya holatni izohlagan Axmet Misbah Demirjan.

Oʻz oʻrnida Kinematografiya agentligi ham oʻzbek kino muxlislaridan ushbu voqeani izohlashda Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurgan har bir kinoijodkor vatanimizda aziz mehmon ekanligini unutmasliklarini soʻragan.

Biz har qanday holatda ham ularning ichki ishlariga aralashmasdan, oʻzbekona mehmonnavozlik tamoyillariga amal qilishimiz lozimligini soʻrab qolgan boʻlar edik”, – deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiya madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari mojaro uchun oʻzbek tomoshabinlaridan uzr soʻradi