2 103
Barno Teshaboyeva yosh bo‘lsa-da, Alfiya kampir sifatida tanilganidan afsusda emasligini aytdi
«Qalpoq» hajviy ko‘rsatuvida tatar kampir Alfiya obrazini yaratgan aktrisa Barno Teshaboyeva «Omon-omon» ko‘rsatuviga bergan intervyusida ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmagani, yosh, go‘zal paytini Alfiya kampir obrazida o‘tkazayotganidan afsuslanmasligi va bir chiqishida partnyorini suvga itarib yuborish sahnasi bo‘lib, u rostan ham suvda cho‘kib ketishiga bir bahya qolgani haqida gapirib berdi.
«Bu o‘zimga ham ta’sir qila boshladi»
Instagram ochganimga ikki yildan oshdi. Undan oldin Telegram, Instagram, YouTube'larga umuman qiziqmaganman. Zamon talabi, busiz bo‘lmas ekan. San’atkormiz, bir joyga taklif tushsa, YouTube'da ko‘rsatuvlaringiz bormi, Instagram'da lavhalaringiz bormi, deb so‘rashadi. Bu o‘zimga ham ta’sir qila boshladi.
«Borib partnyorimni sochidan tortib suvdan olib chiqishdi»
Chirchiqqa bordik, katta suv kanali oqib o‘tadi, juda chuqur. Kun sovuq edi. O‘sha yerda jismoniy tarbiya bo‘yicha oliygoh joylashgan. Keyin qayiqda suzib yurgan bolalarni ko‘rib qoldim, ularga chetga chiqib turishini, bitta videoni suratga olishimizni aytdim. Partnyorim suvga tushadi, cho‘kib ketayotgani aks etgan video bo‘ladi, dedim. Ular ham xo‘p deb daraxtni oldiga borib o‘tirishdi. Sportchilar cho‘kayotgan odamni sezishar ekan. Borib partnyorimni sochidan tortib suvdan olib chiqishdi, bu voqeaga ikki oy bo‘ldi.
«Suvga tushish sahnam bor bo‘lgan, ular tilla uzugini yo‘qotib qo‘yishini aytar edi. Meni suvga itarib yubordi, joy qidirdim, kun sovuq. Kostyum-shimdaman, konsertga borishimiz kerak. Mendan suza olasanmi, deb so‘radi. Men suzib bilishimni, bundan sakkiz oy oldin suzganimni aytdim. O‘sha videoning ko‘rishlar soni milliondan oshgan. Suvga tushdim, bu yerda kamera olyapti. Rostdan cho‘kayotganimni aytsam, bular zo‘r chiqyapti, yana davom et, deganlar. Keyin cho‘kyapman, Barno opa, deganimdan keyin sezib qolishgan» , — deydi Barno Teshaboyevaning partnyori, aktyor Bahodir Berdimurodov.
Instagram ochganimdan keyin Alfiyaning muxlislariga ko‘p ekanini bildim. Dayrektimga bir kunda 500 ta, 1000 ta xabar keladi. O‘qisam, ko‘pchilik shogirdlikka olishimni so‘rab yozishgan bo‘ladi.
«Umida Mirhamidovaning «Oq atirgullar» taronasi klipida chiqqanimda umuman boshqacha ko‘rinishda edim»
Yaqinda Instagram'da shunaqa izoh keldi. Bitta obunachim: «Yoshsiz, chiroylisiz, xalqni xursand qilaman deb o‘zingizni kampirga almashtirib umringiz o‘tyapti. Bunaqa aktrisalar yo‘q, lekin u qo‘rqmasdan o‘zini qari kampirga aylantirib umrini shu bilan o‘tkazib yubordi, haqiqiy aktrisa mana shunday bo‘ladi», — deb yozibdi.
O‘ylab qolaman, masalan, Umida Mirhamidovaning «Oq atirgullar» shu taronaning klipida chiqqanimda umuman boshqacha ko‘rinishda edim. Shunaqa chiroyli ko‘rinishlarda rol o‘ynasam bo‘lar edi, lekin unaqa qattiq afsuslanmayman. Bunaqa rollarda chiqayotgan aktrisalar juda ko‘p. Muxlislar ularni yaxshi eslay olmaydi. Shunaqa bo‘lgandan ko‘ra Alfiya kampir bo‘lib tanilganim ma’qul. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”