1 408
Yulduz Rajabova hozirgi seriallarda ko‘rinmayotgani va “Mendirman Jaloliddin”ning ommalashmagani sababi haqida gapirdi
Foto: Instagram /@yulduzrajabovaofficial
Aktrisa Yulduz Rajabova “Taraflar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida nima sababdan shaxsiy hayoti haqida gapirmasligi, do‘st tanlashda adashgani, ekranlarda ko‘rinish bermayotgani va “Mendirman Jaloliddin” serialining ommalashmagani sabablari haqida so‘zlab berdi.
“Hech qachon do‘stsiz bir o‘zim qolib ketaman, deb o‘ylamaganman”
Birinchi navbatda inson shaxsiy hayoti haqida gapirishga tayyor bo‘lishi kerak. Inson shaxsiy hayoti haqida yangi hayotga qadam qo‘yayotganda, o‘ziga ishonch hosil qilgandan keyin aytishi kerak deb o‘ylayman.
Hayotdagi tanlovlar borasida o‘zim ishongan 3-4 kishidan maslahat olaman. Bir vaqtlar atrofimda do‘stlarim bor edi, ammo vaqt o‘tib bitta o‘zim qolib ketgan paytlar ham bo‘ldi. Bu borada hech kimni aybdor qilmoqchi emasman, lekin Alloh sinov berganda oldimizda kim qolishini va qolmasligini ko‘rsatib berar ekan. Hech qachon do‘stsiz bir o‘zim qolib ketaman, deb o‘ylamaganman. Yaxshi ham shunaqa bo‘ldi, shundan keyin o‘zimni eshitishni boshladim.
O‘sha paytda atrofimda qolgan 3-4 kishining fikri meniki bilan hamohang ekanini tushunib yetdim. Bugungi kunda do‘st tanlamayman, atrofimda o‘zim ishongan yaqinlarim bor. O‘rtoqlarim bo‘lishi mumkin, lekin men ularni o‘zim ishongan to‘rt inson darajasiga qo‘ymayman. Chunki hayotda nima bo‘lishidan qat’i nazar, oila a’zolaringizdan tashqari boshqa hech kimga sizning sog‘lig‘ingiz ham, omadli va to‘g‘ri bo‘lganingiz ham kerak emas.
Foto: Instagram /@yulduzrajabovaofficial
“Yangi loyihalardan takliflar bor, lekin hozirgi qilinayotgan narsalar professionalizm emas”
Kliplardagi rollarimni har bir inson uchun foydali deya olmayman, lekin doim o‘zimga, energiyamga yaqin narsa bo‘lishini xohlaganman va shunaqa loyihalarda chiqishga harakat qilganman. Serial tufayli Turkiyaga ketdim, shuning uchun o‘zim ishlaydigan “Diydor” teatrida spektakllarga qatnasha olmadim. Endi O‘zbekistonga keldim, teatrimizda spektakllar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Teatrni juda sog‘inganman. Rahmatli ustoz san’atkor Bahodir Yo‘ldoshev olamdan o‘tganidan keyin teatrimiz huvillab qoldi.
Yangi loyihalardan takliflar bor, lekin hozirgi qilinayotgan narsalar professionalizm emas. Unaqa loyihalarga borib nima qilaman? Men loyiha ustida, xarakter ustida ishlashim kerak. U yerda nima qilaman?
“Institutda o‘qigan paytimda stipendiyani olishim bilan turadigan uyimizning ijara haqqini berardim”
Institutda o‘qigan paytlarimda pul masalasida qiynalganman. To‘rtta kursdoshim bilan nonni olib, kesib “suxarik” qilardik va butun kun davomida shuni yeb yurar edik. Stipendiya olish uchun ijtimoiy fanlardan ham yaxshi bahoga o‘qiganman. Stipendiyani olishim bilan turadigan uyimizning ijara haqqini berardim. Inson o‘zini o‘zi eplay oladi, lekin oilasi bilan bo‘lsa qaysidir narsalardan voz kechib pul ishlashiga to‘g‘ri keladi.
“Mendirman Jaloliddin” serialida juda katta muhabbat bor
“Mendirman Jaloliddin” seriali haqida boshidan salbiy izoh berila boshlandi. Fikrlar faqat salbiy bo‘ldi. Men Ozodbek akaning fikrlarini tushundim, bu serial faqat biz uchun emas, tariximizni chet elga sotish uchun bizdagi jahon standartlariga mos bo‘lgan aktyor, aktrisalarni ko‘rsatish, jahon standartlariga mos bo‘lgan loyiha yaratish uchun qilindi. Bir haftada serialning bitta qismi namoyish etildi. Boshqa mamlakatlarda ham seriallarning bitta qismi haftada bir marta chiqadi.
Foto: Instagram /@yulduzrajabovaofficial
Hozirgi ikkinchi mavsumda ham shunday bo‘ladi. Biz 13 ta bo‘limni suratga olib kelgan bo‘lsak, uni kuniga bir soatdan qo‘ysak, 13 kunda tugaydi. Biz ham butun dunyoga moslab shu narsani qo‘llab ko‘rmoqchimiz. Kunlik serial olish juda ham qiyin. Turkiyada, Qozog‘istonda yoki boshqa mamlakatlarda seriallarning bir qismi haftada bir marotaba berib boriladi. Bir haftada birinchi, ikkinchi haftada ikkinchi va uchinchi haftada uchinchi qismini taqdim etishadi, sifat ham shunga yarasha bo‘ladi.
Bir kunda 35 ta epizod suratga olinsa, serial sifatsiz bo‘lib qoladi. Serialni tomosha qilish yoki qilmaslik har kimning o‘z fikri. Biz unga jonimizni berib ishladik. Yaxshi narsa chiqdi, juda ham katta mehnat bor bo‘lgan loyiha bo‘ldi. Serialda juda katta muhabbat bor.
Юлдуз Ражабова, Сериал, Мендирман Жалолиддин, Талаба, Янги лойиҳа “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»