00:17 / 11.03.2023
751

Yulduz Usmonovani konsert davomida qiynagan iztirob, 17 seanslik mega-dastur va «Oxirat yor-yor»i haqida

Yulduz Usmonovani konsert davomida qiynagan iztirob, 17 seanslik mega-dastur va «Oxirat yor-yor»i haqida

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova 16–28 fevral kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘zining yangi konsert dasturini taqdim etdi. O‘n uch kun davomidagi 17 seansli konsert dasturida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad Yulduz Usmonova bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida Xonanda o‘zini qiynayotgan iztirob, bir kunda ikki seans konsert berishning qiyinchiliklari, konsert kunini “otmen” qilish uchun band qilayotgan mas’uliyatsiz hamkasblari haqida gapirdi.

“Kunning birinchi yarmi yig‘i bilan o‘tadi, keyin o‘zimni yig‘ishtirib konsertga kelaman”

Har kuni Turkiyadagi voqealarni kuzataman. Ertalab yig‘i bilan o‘tadi, keyin o‘zimni yig‘ishtirib konsertga kelaman. Dard bilan uyg‘onib, dard bilan yotyapman. Allohim dunyo tinch bo‘lsin, oilamiz tinch bo‘lsin, der ekan. Yaxshiyam konsertga tayyorgarlikni oldindan qilib kelyapmiz. Bo‘lmasa hozir konsert berolmay qolgan bo‘lardim. Endi faqat duo qilish keladi.

Shuningdek, Yulduz Usmonova ushbu konsert dasturi orqali tomoshabinlarga nima yetkazmoqchi bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi.

“Oldingidek hamma qo‘shiqlarim tarixda qolsin, demayman”

Bilasizmi, hozir bitta so‘z ko‘p, yarimtasi oz bo‘lib qoldi. Ikkita demayapman. Odamlarga biror narsa deyish, dalil bilan gapirsang ham, gapingni o‘tkazish qiyin. Hozir hamma internet olimi bo‘lib ketgan. Shuning uchun ham konsert dasturim hayotga, go‘zal yashashga undov bo‘la turib, orada mutlaqo katta kamchiligimiz, oxiratni eslatish uchun “Oxirat yor-yori” degan qo‘shig‘imizni aytib o‘tdik.

Bunda juda katta ma’no bor. Hammamiz riyochi bo‘lib ketdik. Yuragimiz qotib, yolg‘onchi bo‘lib ketyapmiz. Konsertimda ham shuni aytib o‘tdim. Menimcha asosiy mavzu shu bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham boshqa mavzu qo‘shmadim. Odamlar ko‘tarolmay qolar edi. Men oldingidek “hamma qo‘shiqlarim tarixda qolsin”, demayman. Bittasi qolsin, lekin ibrat bo‘lsin. Mendan keyin bir iz qolsin. Foydam tegsin degan maqsad bo‘lyapti.

Yulduz Usmonova bir kunda ikki seans konsert berib, yetti soatlab kuylayotgani haqida gapirib berdi.

“Konsert berishga kun bo‘lmagani uchun, biz bir kunda ikkita seans konsert berishga majbur bo‘ldik”

Yangi konsert dasturimiz 17 seansdan iborat bo‘ldi. “Yana konsert beraman desangiz”, konsert berishga kun yo‘q. Konsert kunlarini egallab olishdi ham. Biletlar sotilmagach, konsertni bekor qilishadi. Yoshlarda qiziq odat bor. Qizimga “hay-hay” demasam to‘rt kun yoki besh kun konsert beraman”, deb ketayotgandi.

Hazillashyapsizlarmi, bir seansda besh mingga yaqin odam o‘tiradi, bu zalni to‘ldirish-chi. “Yarim zal to‘lib, saroyning ijarasini to‘lasak bo‘ldi, zato drujbada konsert berdik”, degan nom bo‘ladi deyishadi. Bunaqa konsert berishning nima keragi bor. Endi uni gapirmayman. Xohlashsa bo‘sh zalga, bir oylab konsert berishsin. Lekin konsert berishga kun bo‘lmagani uchun, biz bir kunda ikkita seans konsert berishga majbur bo‘ldik. Bir kunda ikki seans konsert bersa odam charchab qoladi.

Qanaqasiga oson bo‘lsin, qiynalmaymanmi, juda qiyin bo‘lyapti albatta. Kechasi bilan uyqu yo‘q. Oyoqlarim zirqirab og‘riydi. O‘tgan kuni men qolib, xo‘jayinimning oyog‘i zirqiragan edi, ertalab soat to‘rtda xo‘jayinimni oyog‘ini uqalab o‘tirganman. Yetti soat konsert bo‘ladi. Oson emas, hammani ketidan chopib yurish kerak. Alloh kuch-quvvat bersin. Shunchalik ham nonini yegandan keyin jon og‘riydi.

Jonli konsert beraman, degan odam osonlikcha non yemaydi. Ayrimlar “jonli konsert beraman” deb, falshdan olib, falshga uradi, jonli kuylayotganingda kimliging, qanday darajadagi qo‘shiqchiliging bilinadi. Alloh bergan iste’dod bo‘lishi kerak. Buni tirikchilik manbai qilib olmaslik kerak. Tirikchilik qilgandan keyin, uni bemalol yo‘qotib va topib olish yo‘lini bilish kerak. Qo‘rqoqlik bilan ish bitmaydi. San’atda baribir haqiqatni aytish kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonovani konsert davomida qiynagan iztirob, 17 seanslik mega-dastur va «Oxirat yor-yor»i haqida