date

Aktrisa Jamila G‘ofurova g‘iybatchi erkaklarga murojaat qildi

Aktrisa Jamila G‘ofurova g‘iybatchi erkaklarga murojaat qildi

Aktrisa Jamila G‘ofurova Instagram ijtimoiy tarmog‘ida faol. U mazkur tarmoqqa tez-tez yangi suratlarini joylab, kundalik turmush tarzidan muxlislarini boxabar qilib turadi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

Jamila G‘ofurovani ijtimoiy tarmoqdagi suratlariga erkaklar tomonidan yozib qoldirilayotgan izohlar darg‘azab qilgan, shekilli. Har holda aktrisa kuni kecha Instagram`ga yangi surat joylab, quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:

“Mana yangi rasm, qani yigitlar g‘iybatni boshlanglar, uyatsiz gapni ommaga yozishdan oldin qizing, singling borligini esingdan chiqarma va katta ketib ular bunaqa gapni eshitishmaydi dema?! Ehhh...”.

Aktrisaning mazkur so‘zlari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Jamilani kuzatib boruvchi kuchli jins vakillarining ayrimlari bundan xafa bo‘ldi, tanqidiy fikrlar ko‘paydi.

Boshqa guruh internet foydalanuvchilari esa aktrisaning yonini olib, uning so‘zlarini ma’qulladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Jamila G‘ofurova g‘iybatchi erkaklarga murojaat qildi