12:00 / 25.06.2023
251

Jenisbek Piyazov o‘zbek qo‘shiqchiligidagi bir muammoga e’tibor qaratganini gapirib berdi

Jenisbek Piyazov o‘zbek qo‘shiqchiligidagi bir muammoga e’tibor qaratganini gapirib berdi
Foto: Maktabgacha ta’lim agentligi
Bog‘cha yoshidagi bolalar uchun o‘zbekcha qo‘shiqlar kam, bo‘lsa ham, yo‘q hisobida. Bu haqda 24 iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Maktabgacha ta’lim agentligining Jamoatchilik kengashi a’zolari yig‘ilishida O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo”.
 
Anjumanda Jenisbek Piyazov bog‘cha yoshidagi bolalar uchun o‘zbekcha qo‘shiqlar kamligiga alohida to‘xtalib o‘tgan.
 
Xayr bog‘cha, salom maktab” konserti a’lo darajada bo‘lib o‘tdi. Bolalarni iqtidorini ko‘rdik, ashulalarini eshitdik. Shu yerda kichkina muammoga duch keldik — bog‘cha yoshidagi bolalar uchun o‘zimizning milliy qo‘shiqlarimiz yo‘q ekan. Ko‘p bolalardan qo‘shiq aytib ber-chi, deb so‘rasak, ruscha yoki yevropacha qo‘shiq aytib beradi. Lekin “O‘zbekcha qo‘shiq bilasanmi?”, desak “Yo‘q”, deb javob beradi. Ulardan “Nima uchun o‘zbekcha qo‘shiq bilmaysan?” deb so‘rasam, “Siz o‘zingiz ayting, qaysi qo‘shiqni o‘rganaylik?”, deb savolimga savol bilan javob berishdi. Mana shu yerda bildikki, bolajonlar uchun o‘zbekcha qo‘shiq juda kam ekan. Bo‘lsa ham sanoqli: uchta yo to‘rtta. Yo‘q desa ham bo‘ladi. Ular ham sevib aytilmaydigan qo‘shiqlar. Shuning uchun hozirgi kunda kompozitorlar bilan bog‘cha yoshidagi bolalar uchun ko‘proq qo‘shiqlar yozish ustida ishlayapmiz”, — dedi xonanda.
 
U, shuningdek, bolalar fonogramma orqali qo‘shiq aytishga o‘rganib qolayotganini alohida ta’kidladi.
 
Bayramlarda farzandlarimizni bolalikdanoq fonogramma orqali qo‘shiq aytishga o‘rgatib qo‘yyapmiz. Hozirgi kunda Janubiy Koreya tomonidan berilgan 2 mingta pianinoga yana qo‘shimcha olinadi. Bu bilan bog‘chalarda bolalarni jonli ijroga va eshitish orqali eslab qolish qobiliyatini shakllantirishni maqsad qilib qo‘yganmiz”, — dedi xalq artisti.
 
Eslatib o‘tamiz, Jenisbek Piyazov 2022 yil boshida maktabgacha ta’lim vaziriga (hozirgi Maktabgacha ta’lim agentligi direktori — tahririyat) madaniyat va san’atni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik asosida maslahatchi etib tayinlangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jenisbek Piyazov o‘zbek qo‘shiqchiligidagi bir muammoga e’tibor qaratganini gapirib berdi