date

Obid Asomov O‘zbekistondagi tinchlikka shukrona keltirib, Turkiya, Suriya va Fransiyadagi johillarga insof so‘radi

Obid Asomov O‘zbekistondagi tinchlikka shukrona keltirib, Turkiya, Suriya va Fransiyadagi johillarga insof so‘radi

Avvalroq, Turkiyada bir guruh harbiylar mamlakatda o‘rnatilgan konstitusion tizimga qarshi chiqib, davlat to‘ntarishi amalga oshirishga harakat qilganliklari va ko‘plab davlat organlarini binolarini o‘rab olganlari haqida xabar bergan edik.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonlik taniqli san’atkorlar mazkur voqealarga oid suratlarni shaxsiy sahifalariga joylab, dunyoning ko‘plab nuqtalarida kechayotgan xunrezliklarga qarshi munosabatlarini bildirishdi, deb xabar bermoqda "Qalampir.uz" sayti. Ular orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov va “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtozning yozib qoldirganlari e’tiborimizni tortdi.

“Soat 06:30da tekin osh egani kirib ketyapmiz. Rus hamkasbim aytgandi: “O‘zbeklar soat 06:00da musiqa sodalari ostida tekin osh eb yashashyapti”. Haqiqatan ham bu odat er sharining hech qaysi mamlakatida yo‘q. TVni ko‘rsam butun dunyo ostun-ustun. Bu yoqda Turkiya, bu yoqda Suriya, bir tomonda esa Fransiya. Yurtimizga, tinchligimizga ko‘z tegmasin. Johillarga Yaratgan inson bersin!”, deb yozadi Asomov.

Xonanda Madina Mumtozning yozganlari esa ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

“Nissada yuz bergan voqeadan o‘zimga kelmasimdan, bugun yana bir noxush xabar uyqudan uyg‘onishga majbur qildi. Turkiyada isyon... Hammasiga chidash mumkin, lekin begunoh odamlar va norasida go‘daklarning o‘limiga chidolmayman. Hammasining sababi noshukurlikdan.

Azizlar, shukur qilaylik! Duo qilaylik, tinchligimiz abadiy bo‘lsin. Yurtimizga nazar tegmasin. Butun dunyoda tinchlik bo‘lsin. Toki farzandlarimiz, bizdan qoladigan avlodlarimiz tinchlikda, baxtdan yayrab yashashsin”.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik san’atkorlarning shaxsiy sahifalarini kuzatar ekanmiz, ularning ko‘pchiligi bugun mamlakatdagi tinch va osoyishta kunlarga shukrona keltirayotgani, tadbirlar va uchrashuvlarda qatnashayotganiga guvoh bo‘ldik.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Obid Asomov O‘zbekistondagi tinchlikka shukrona keltirib, Turkiya, Suriya va Fransiyadagi johillarga insof so‘radi