date

Dj Piligrim sobiq turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarni nega javobsiz qoldiradi?

Dj Piligrim sobiq turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarni nega javobsiz qoldiradi?

Dj Piligrim taxallusi bilan salkam yigirma yildan buyon ijod qilib kelayotgan Ilhom Yo‘lchievning muxlislari u bilan suhbatlashishimizni so‘rab, ko‘p bora tahririyatga murojaat qilishgan, deb yozadi "Darakchi" nashri. Taxallusiga mos ravishda ko‘p sayohat qiladigan xonandaning Toshkentda ekanligidan xabar topib, uni suhbatga chorladik. Uchrashuvga ham qo‘lida fleyta tutib kirib kelgan, o‘ziga xos uslubga ega bu xonanda bilan hayotiy falsafasi, shaxsiy hayoti va milliy estrada borasida suhbatlashdik...

— So‘nggi paytlarda internet tarmoqlarida siz va xonanda Lola Yo‘ldoshevaning ismi birgalikda tez-tez tilga olinyapti...

— Lola bilan faqat ijodiy hamkorligimiz bor. Men yaratgan qo‘shiqni, yaxshi ijrochi, barcha hurmat qilib tinglaydigan xonanda kuylashini istagandim. Istagim amalga oshdi. Shuning uchun ham so‘nggi vaqtlarda u bilan ko‘p hamkorlik qilyapmiz. Bor gap shu. Kimlardir tarqatayotgan gaplar esa mish-mishdan boshqa narsa emas.

— Lekin sobiq turmush o‘rtog‘ingiz, “Setora” guruhining sobiq xonandasi Kamila haqidagi savollarni javobsiz qoldirasiz...

— Chunki bu haqda jurnalistlarga ham, muxlislarga ham, etarlicha javob berib bo‘lganman. Har kuni, har bir muxlisga vaziyatni takror tushuntirishni istamayman. O‘g‘limning onasi Kamila bilan do‘stona munosabatdamiz. Farzandimiz bilan bog‘liq masalalarni birgalikda hal qilamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Dj Piligrim sobiq turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarni nega javobsiz qoldiradi?