date

Sardor Rahimxon eng ashaddiy dushmani kimligini aytdi

Sardor Rahimxon eng ashaddiy dushmani kimligini aytdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning kuni kecha aytgan “qaroqchi” disklar haqidagi fikrlarini o‘zbek shou-biznesining ko‘pchilik vakillari – xonandalar, rejissyorlar qo‘llab quvvatlab, ular faoliyatiga nuqta qo‘yish vaqti kelganini ta’kidlashmoqda. Rahimxon esa ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali o‘zining eng katta dushmani kim ekanini ma’lum qildi.

“Hayotda eng ashaddiy dushmanim bilan olishib kelaman. Qachon uning ustidan g‘olib bo‘lsam, hayotda ham zafar quchaman. Bu dushmanimni siz yaxshi taniysiz, u hammamizda birinchi raqamli... O‘zim!”, deb yozadi Sardor Rahimxon.

Xonanda bir vaqtlar aforizmlar yozishga qiziqib qolgan edi. Hatto, “O‘zimga ayon” nomli kitob ham chiqargan. Yuqoridagi gaplar ham shu kitobdan olingan yoki navbatdagi kitobdan o‘rin olajak mulohazalardir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Sardor Rahimxon eng ashaddiy dushmani kimligini aytdi