date

Shohruhxon: “Salom ozodlik”. Yulduzli juftlikning sevgisi yakun topdimi?

Shohruhxon: “Salom ozodlik”. Yulduzli juftlikning sevgisi yakun topdimi?

Xonanda Shohruhxon o‘zining Instagram`dagi sahifasiga muxlislari o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan suratni joyladi. Suratda qoq o‘rtasidan bo‘lingan yurakni yigit va qiz ko‘tarib ketayotgani tasvirlangan. Xonanda suratga “Salom, ozodlik” deya izoh qoldirdi.

Mazkur surat xonandani ijtimoiy tarmoq orqali kuzatib borayotgan internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda.


Kimdir xonandaning oilasiga putur etganini ta’kidlasa, boshqalar buni “shunchaki piar” deya izohlamoqda.

Xonanda biroz muddatdan so‘ng ikkiga bo‘lingan yurak tasvirini o‘z sahifasidan o‘chirib tashladi va uning o‘rniga rus shoiri Mixail Lermontovning so‘zlari yozilgan suratni joyladi: "Men butun dunyoni sevishga tayyor edim, meni hech kim tushunmadi va men nafratlanishga o‘rgandim".

Mazkur so‘zlarga javoban xonandaning hamkasbi Shahzoda "Nafratlanishga o‘rganio‘ juda oson, sevishdan to‘xtamang", deya maslahat berdi.

Biroq, Shohruhxon va Asalning shaxsiy sahifasidan ularning aksariyat birga tushgan suratlari o‘chirib yuborilgan. Asalning Instagram`dagi sahifasida Shohruhxon bilan birga tushgan bironta ham surat qolmagan. Bu holat esa mish-mishlarni tobora avj oldirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shohruhxon va Asal 5 iyun kuni bo‘lib o‘tgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shohruhxon: “Salom ozodlik”. Yulduzli juftlikning sevgisi yakun topdimi?