date

Sevinch Mo‘minova yangi hayot ostonasida turganini aytdi

Sevinch Mo‘minova yangi hayot ostonasida turganini aytdi

Avvalroq, xonandalar Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovning oilasiga darz ketgani, oilaviy mashmashalar o‘rtaga chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz muhokama qilingani, Sevinch qizi Leylani Sharofga ko‘rsatmoqchi emasligi, Sharof esa Sevinch bilan yashagan uyini sotuvga qo‘ygani haqida xabar bergan edik. Kecha, 29 avgust kuni xonanda Sevinch Mo‘minova Instagram’dagi shasiy sahifasi orqali muxlislariga yuzlanib, yangi hayot ostonasida turganini ma’lum qildi.

“Aziz muxlislarim, mehribonlarim! Sizlar bilan Instagram’dan xayrlashaman, bugun oxirgi kirishim. Sizlar bilan yaxshi kunlarda ko‘rishamiz. Unutmanglar, sizlarni yaxshi ko‘raman. Xayr, Instagram. Xayr, internet. Salom, yangi hayot!”, deb yozadi Sevinch Mo‘minova.

Xonanda nima uchun ijtimoiy tarmoqlarni tark etayotganiga oydinlik kiritmagan. Balki oilaviy mojarolar yanada alanga olishiga ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar, Sharofga atalgan kinoyali gaplar sabab bo‘lgani uchun ham Sevinch ijtimoiy tarmoqlarni tark etgandir. Ko‘ramiz, bu holat qanchagacha davom etarkin...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Sevinch Mo‘minova yangi hayot ostonasida turganini aytdi